O‘zbekiston | 07:34 / 18.11.2021
3634
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda Xalqlar do‘stligi maydoni yaqinidagi ko‘chalar vaqtincha yopiladi 

Joriy yil 18 noyabr kuni Toshkentda Xalqlar do‘stligi maydoni yaqinidagi ko‘chalar vaqtincha yopiladi. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan 18 noyabr kuni soat 08:00 dan soat 11:00 gacha Furqat - Beshyog‘och ko‘chasidan I.Karimov - Furqat ko‘chasigacha bo‘lgan hudud transport harakati uchun yopiladi.

Tirbandliklarning oldini olish uchun haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etilgan.

Avvalroq, Toshkent shahrida Buxoro ko‘chasining Buxoro-Buyuk Turon chorrahasidan Buxoro-Zarafshon chorrahasigacha bo‘lgan qismi yopilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid