O‘zbekiston | 21:08 / 21.11.2021
5310
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda pensiya va nafaqa oluvchilar soni 4 mln kishidan oshdi

Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining hududiy tuman (shahar) bo‘limlarida hisobga olingan pensiya va nafaqa oluvchilarning umumiy soni 2021 yil 1 noyabr holatiga 4 mln kishini tashkil qildi.

Jamg‘arma axborot xizmati xabariga ko‘ra, pensiya va nafaqa oluvchilarning aholi sonidagi ulushi 11,5 foizni tashkil qilgan holda 2021 yil 1 yanvar holatiga nisbatan 178,6 ming nafar (4,7 foiz)ga ko‘paydi.

Shundan, 2,9 mln kishi (74,1 foiz) yoshga doir pensiyani (bundan, 1,8 mln kishi yoki 64 foizi ayollar), 397,6 ming kishi (9,9 foiz) nogironlik pensiyasini (163,5 ming nafari yoki 41,1 foizi ayollar), 198,6 ming kishi (5,0 foiz) boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini oluvchi oilalar va 440,8 ming kishi (11,0 foiz) nafaqa oluvchi tarkibiga kiradi.

2021 yil 1 yanvar holatiga nisbatan yoshga doir pensiya oluvchilar soni 117,7 ming kishi (4,1 foiz)ga, nogironlik pensiyasi oluvchilar soni 11,0 ming kishi (2,9 foiz)ga, boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi oluvchi oilalar soni 9,6 ming oila (5,1 foiz)ga va nafaqa oluvchilar soni 40,2 ming kishi (10,0 foiz)ga ortdi.

2021 yilning yanvar-oktyabr oylarida 327,5 ming nafar (161,5 ming nafari yoki 49,3 foizi ayollar) fuqarolarga yangi pensiya va nafaqalar tayinlandi. Shundan 215,1 ming nafari (65,7 foiz)ga yoshga doir pensiya, 29,9 ming nafari (9,1 foiz)ga nogiron shaxs sifatida pensiya, 19,6 ming oila (6,0 foiz)ga boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi va 62,9 ming nafari (19,2 foiz)ga nafaqalar tayinlangan. Bu 2020 yilning mos davriga nisbatan 57,9 ming nafar yoki 21,5 foizga ko‘p.

Mavzuga oid