Sport | 22:52 / 24.11.2021
10467
2 daqiqa o‘qiladi

«Lokomotiv» Mikael Sekeyra bilan xayrlashdi

Toshkentning «Lokomotiv» klubi jamoaning portugaliyalik bosh murabbiyi Mikael Sekeyra bilan xayrlashganini e'lon qildi.

Foto: Lokomotiv

Klub matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu mavsum «temiryo‘lchilar»ni boshqargan Mikael Sekeyra «Lokomotiv» bilan o‘zaro kelishgan holda jamoani tark etgan. 

«Portugaliyalik mutaxassis bugun, 24 noyabr kuni tunda o‘z yurtiga uchib ketadi. Ushbu mavsum jamoamizni boshqargan Sekeyra vataniga ketish oldidan jamoa a'zolarini bir joyga yig‘ib, klub rahbariyati, murabbiylar shtabi hamda futbolchilarga minnatdorchilik bildirdi.

Foto: Lokomotiv

O‘z navbatida klubimiz rahbariyati ham portugaliyalik murabbiy sha'niga iliq fikrlar aytib, yakuniga yetayotgan mavsum uchun tashakkur izhor qildi. «Lokomotiv» PFK Mikael Sekeyraga o‘zaro hamkorlik uchun minnatdorchilik bildiradi hamda murabbiyning keyingi faoliyatiga omad tilaydi», - deyiladi klub xabarida.

Foto: Lokomotiv

Ma'lumot uchun, «Lokomotiv» Superliga 25-turidan keyin 36 ochko bilan 7-o‘rinni egallab turibdi. Klub chempionatdagi so‘nggi o‘yinni «Nasaf»ga qarshi o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, «Lokomotiv» ustozi oktabr oyida Qo‘qondagi mag‘lubiyatdan (1:2) keyin o‘zbek futboli va hakamlik haqida keskin fikr bildirgandi.

Foto: Lokomotiv

Mavzuga oid