O‘zbekiston | 11:20 / 27.11.2021
5549
2 daqiqa o‘qiladi

28 noyabr kuni O‘zbekistonda havo harorati 15 darajagacha ko‘tariladi

Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 28 noyabr kuni qanday ob-havo kutilayotganini ma'lum qildi.

Foto: Kun.uz

Toshkent shahri. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-3 daraja sovuq, kunduzi 11-13 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid