Ekspert 2-3 kilometr masofada beshta yo‘l belgisi noto‘g‘ri o‘rnatilganini ko‘rsatib berdi
Senat ekspertlar kengashi a'zosi Nosirjon Zokirov Toshkentning Bunyodkor shohko‘chasidan Islom Karimov ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib, Botir Zokirov ko‘chasida harakatni davom ettirdi. U bir necha kilometrlik masofa ichida “Yo‘l harakati qoidalari”ga zid o‘rnatilgan 5ta holatni sanadi va o‘z e'tirozlarini bildirib o‘tdi.
Xususan, ekspertga ko‘ra Bunyodkor shohko‘chasidan Islom Karimov ko‘chasi chorrahasiga 4.1.2 yo‘l belgisi noto‘g‘ri o‘rnatilgan. Islom Karimov va Furqat ko‘chalari chorrahasida 4.1.1 yo‘l belgisi noto‘g‘ri o‘rnatilgan. Toshkent shahar hokimligi qarshisidagi 3.27 yo‘l belgilari ketma-ketligi noto‘g‘ri.
Islom Karimov ko‘chasidan Botir Zokirov ko‘chasiga burilishda bo‘laklar bo‘yicha harakatlanish belgisi yetishmaydi. Konservatoriya yaqinida esa, 3.27 belgilari asossiz ravishda ko‘p.
Mavzuga oid
20:45 / 10.09.2024
Toshkentda yo‘l harakati qoidalarini 363 marta buzgan Spark xatlovga olindi
16:53 / 06.08.2024
Toshkentda erkak haydovchi Malibu’ni 173 km tezlikda boshqardi
22:05 / 19.07.2024
Qashqadaryoda yo‘l harakati qoidalarini 105 marta buzgan Gentra xatlovga olindi
18:35 / 18.07.2024