O‘zbekiston | 12:23 / 29.11.2021
10676
1 daqiqa o‘qiladi

Hafta davomida havo harorati ko‘tariladi

Bugun va ertaga O‘zbekiston hududi bo‘yicha quyoshli va ochiq kun bo‘lishi kutilmoqda, tushdan so‘ng havo 12-17 daraja iliqqacha ko‘tariladi, kechalari havo harorati 3-6 daraja iliqni tashkil etadi.

Foto: Kun.uz

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, 1-2 dekabrda janubiy hududlardan iliq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda, harorat kechalari 6-9 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 17-22 daraja iliqqacha ko‘tariladi, bu dekabr oyi boshi uchun bo‘lgan me'yordan 8-11 darajaga yuqoridir.

Faqat 2 dekabrda shimoliy hududlarga biroz nam va salqin havo massalari kirib kelishi kutilmoqda, buning hisobiga Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

3 dekabrda havo massalarining kirib kelishi respublikaning qolgan hududlariga tarqaladi. Ayrim hududlarda (shimol va Farg‘ona viloyatidan tashqari) biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 3 dekabrda harorat foni nisbatan pasayadi, lekin hali ham me'yordan yuqori bo‘ladi. Kunduz kunlari havo harorati 13-18 daraja iliqni tashkil etadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid