O‘zbekiston | 12:00 / 29.11.2021
10019
2 daqiqa o‘qiladi

Xorijlik olimlar qo‘mita raisiga maslahatchi bo‘ldi

Foto: Veterinariya qo‘mitasi

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tarkibidagi “O‘znaslchilik” korxonasida Yevropa-O‘zbek iqtisodiy hamkorlik uyushmasi (EUROUZ) bilan hamkorlik doirasida naslchilik va seleksiya ishlari bo‘yicha o‘tkazilgan “Seleksiya va naslli qoramollarni yetishtirish metodologiyasi” mavzusidagi seminar-treningda Yyel universiteti professori Kvazdorff Jyerardo hamda Belgiyaning Lej universiteti professori Paskal Leroy ishtirok etdi.

Foto: Veterinariya qo‘mitasi

Har ikki olim yurtimizda qoramollar naslini yaxshilashda Amerika tajribasini joriy etish hamda naslchilik tadqiqotlari doirasida qo‘shma ta'lim dasturlari va loyihalarni amalga oshirish masalalari bo‘yicha Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisiga jamoatchilik asosida maslahatchi bo‘ldi.

Kvazdorff Jyerardo AQSh naslli chorva mollari eksporti tashkiloti rahbarining birinchi o‘rinbosari.

Foto: Veterinariya qo‘mitasi

Ta'kidlash kerak, qo‘mita tomonidan aholining go‘shtga bo‘lgan talabi ortayotganligi hisobga olinib, chet davlatlardan keltirilgan qoramollarning go‘sht yo‘nalishidagi tez yetiluvchan Aberdin-angus, Sharole, Greford va Limuzin kabi yangi zotlarini ko‘paytirish choralari ko‘rilmoqda. Mayda mollarning zotini yaxshilash va mahsuldorligini oshirish maqsadida qo‘yning Merinos, Romanov, Edilboy, Dorper zotlari hamda echkilarning Angor va Zaanen zotlarini mahalliy sharoitga moslashtirish tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Axborot xizmati.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid