Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tumanlararo endokrinologiya bo‘linmalari soni oshiriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida endokrin kasalliklarning oldini olish, ularni erta aniqlash va davolash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Kun.uz muxbiri xabariga ko‘ra, videoselektor yig‘ilishida kelgusi yilda tumanlararo endokrinologiya bo‘linmalari 29 tadan 50 taga ko‘paytirilishi ta'kidlandi.
Viloyat ixtisoslashgan filiallarni 80 milliard so‘mlik zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlash hisobiga xizmatlar soni 15 tadan 40 tagacha yetkaziladi.
Yig‘ilishda Toshkentdagi 3 ta hamda Nukus, Andijon, Buxoro, Samarqand, Farg‘ona, Urganch tibbiyot oliygohlarining endokrinologiya kafedralarini pastga tushirish zarurligi qayd etildi. Kelgusi yil 1 iyulga qadar birlamchi bo‘g‘in uchun zarur bo‘lgan 400 nafar mutaxassisni qayta tayyorlash vazifasi qo‘yildi.
Yangi ko‘p tarmoqli endokrinologiya markazida 20 dan ziyod yuqori texnologik amaliyotlar yo‘lga qo‘yiladi. Bunda, gormonal va mineral buzilishlar (osteoporoz), endokrin ginekologiya, reproduktiv, onko-, neyro- va oftalmo-endokrinologiya, nefrologiya, kardio-diabet va intervension xirurgiya kabi yo‘nalishlar tashkil etiladi.
Rossiya va Yevropaning nufuzli tibbiyot tashkilotlarida har yili kamida 50 nafar shifokor malakasini oshirishni ta'minlashga topshiriq berildi.
Umuman, markaz o‘z yo‘nalishida ilmiy-innovatsion muassasaga aylantiriladi, doktoranturaga kvotalari 2 baravarga oshiriladi.
Mavzuga oid
14:04 / 26.08.2025
Iordaniya podshohi O‘zbekiston mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishdi
20:17 / 27.12.2024
Uchta viloyatda «bulutli» ma’lumotlar markazi ishga tushiriladi
07:50 / 27.12.2024
O‘zbekiston prezidentining Rossiyaga amaliy tashrifi yakunlandi
20:15 / 26.12.2024