Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonga 200 ming doza Sputnik Light vaksinasi keltirildi
O‘zbekistonda koronavirucga qarshi qo‘llanilayotgan vaksinalar turi yettitaga yetdi. Kecha Rossiyadan mamlakatga 200 000 doza Sputnik Light vaksinasi keltirildi.
Foto: SSV
Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Sputnik Light bir komponentli vaksina bo‘lib, u bilan to‘liq emlanish uchun bir dozasini olish kifoya. O‘zbekistonga avvalroq ushbu vaksinaning 7 500 dozasi olib kelingan edi.
Shunday qilib, O‘zbekistonda foydalanilayotgan vaksina 48 036 368 dozani tashkil qilmoqda.
Ulardan: 2 404 480 dozasi AstraZeneca; 36 789 938 dozasi ZF-UZ-VAC2001; 1 341 790 dozasi "Sputnik V"; 3 000 060 dozasi Moderna; 2 316 600 dozasi Pfizer/BioNTech; 1 976 000 dozasi Sinovac; 207 500 dozasi Sputnik Light vaksinasidir. Shundan 35 610 274 dozasi emlash jarayonlarida qo‘llanilgan.
Mavzuga oid
07:24 / 16.02.2022
YUNISEF O‘zbekistonga vaksina omborlari uchun 500 ming dollarlik uskunalar taqdim etdi
10:58 / 03.02.2022
O‘zbekiston Rossiya vaksinalarini import qilish bo‘yicha top-5 davlat qatoriga kirdi
16:41 / 31.01.2022
O‘zbekistonlik biolog: Ilk vaksina musulmon olimi tomonidan yaratilgan
08:44 / 19.01.2022