O‘zbekiston | 15:34 / 13.12.2021
11563
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqand va Qashqadaryoni bog‘lovchi dovon qalin qor tufayli vaqtincha yopildi

Dovonda qor yog‘ishi sababli avtotransport vositalarining harakati vaqtincha to‘xtatildi.

Foto: Kun.uz

13 dekabr kuni soat 14:00 dan Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lining Taxtaqoracha dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Kun.uz’ga ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, M-39 avtomobil yo‘lining dovon qismida tinimsiz yog‘gan qor oqibatida yo‘lning yuza qismida muzlamalar hosil bo‘lgan. Shu bois yo‘lni yopishga to‘g‘ri kelgan.

Ayni paytda FVV rahbarligida tegishli tashkilotlarning mutaxassislari tomonidan vaziyat oqibatlarini bartaraf etish borasida ishlar bajarilmoqda. 

Mavzuga oid