O‘zbekiston | 08:14 / 14.12.2021
1213
1 daqiqa o‘qiladi

11 oyda 112 nafar mutasaddiga ma'muriy chora ko‘rildi

Navoiy viloyatida 2021 yilning 1 dekabr holatiga davlat xizmati ko‘rsatishda tashkilot va idoralar tomonidan 4 027 ta qoidabuzarlik sodir qilingan. Bu haqda Kun.uz'ga DXA viloyat boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: DXA Navoiy viloyati boshqarmasi

Ta'kidlanishicha, mazkur qoidabuzarliklar tahlil qilinganda 3 252 holatda belgilangan muddat buzilgani, 626 holatda to‘g‘ridan to‘g‘ri xizmat ko‘rsatilgani, 72 tasiga asossiz rad javobi berilgani, 7 holatda esa ortiqcha hujjat talab qilingani aniqlangan. Shuningdek, 11 oy davomida viloyat bo‘yicha 112 nafar mutasaddiga ma'muriy choralar ko‘rilib, jarimalar undirilgan.

Ma'lumot uchun, 1 dekabr holatiga viloyatning 11 tuman va shahar davlat xizmatlari markazlari orqali fuqarolarga 272 233 ta davlat xizmati ko‘rsatilgan. Eng ko‘p xizmat Navoiy shahrida amalga oshirilgan – 69 325 ta. Bu raqam Qiziltepa tumanida 41 786 tani, Karmana tumanida 35 035 tani, Zarafshon shahrida esa 32 mingdan ortiqni tashkil qiladi.

Руслан Сабуров
Tayyorlagan Руслан Сабуров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid