Sport | 21:41 / 14.12.2021
10527
2 daqiqa o‘qiladi

Futzal. O‘zbekiston milliy jamoasi o‘rtoqlik o‘yinida Qozog‘istonga mag‘lub bo‘ldi

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi Qozog‘iston poytaxti Nursulton shahrida mezbonlarga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida parketga tushdi.

Litvada o‘tgan futzal bo‘yicha 2021 yilgi jahon chempionatida kashfiyot jamoalarga aylangan Qozog‘iston va O‘zbekiston milliy jamoalari o‘rtasidagi bahs qiziqarli ruhda o‘tdi. Uchrashuvdagi hisobni 22-daqiqada mezbonlar vakili Arnold Knaub ochgan bo‘lsa, yana bir daqiqa o‘tmay, qozog‘istonliklar safidagi brazil Duglas farqni ikkitaga yetkazdi – 2:0.

Uchrashuv yakunlanishiga 3 daqiqa qolganida Bahodir Ahmedov shogirdlari farqni qisqartirishdi. Ilhom Hamroyev 37-daqiqada gol muallifi bo‘ldi. Ammo 39-daqiqada qozog‘istonliklar o‘yinchisi Igita o‘yindagi yakuniy hisobni o‘rnatdi – 3:1.

Eslatib o‘tamiz, ushbu jamoalar o‘rtasidagi ikkinchi bahs ertaga, 15 dekabr kuni o‘tkaziladi. 

14 dekabr (seshanba)
Futzal. O‘rtoqlik o‘yini.
Qozog‘iston – O‘zbekiston - 3:1

Gollar: Arnold Knaub 22, Duglas 23, Igita 39 – Ilhom Hamroyev 37.
Qozog‘iston: 2.Igita, 9.Albert Akbalikov, 10.Chingiz Yesenamanov, 11.Arnold Knaub, 14.Duglas.
Zaxira: 1.Rauan Atantayev, 4.Nurbek Karagulov, 6.Gaziz Nagashibay, 7.Yersulton Sagindikov, 8.Birjan Orazov, 13.Jomart Tokayev, 15.Bolat Sarbasov, 19.Rinat Turegazin, 
O‘zbekiston: 1.Rustam Umarov, 4.Ixtiyor Ropiyev, 6.Ilhom Hamroyev, 8.Husniddin Nishonov, 10.Davron Choriyev.
Zaxira: 12.Ravshan Eliboyev, 2.Anasxon Rahmatov, 3.Mashrab Odilov, 5.Davlat Ibragimov, 7.Dilshod Rahmatov, 9.Elbek To‘lqinov, 11.Akbar Usmonov, 13.Abdulla Solihov.

Mavzuga oid