Haitida benzovoz portlashi oqibatida 50dan ko‘proq odam halok bo‘ldi
Haitida benzin olib ketayotgan transport vositasining portlashi oqibatida 50dan ko‘proq odam halok bo‘ldi, o‘nlab odamlar jarohat oldi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar berdi.
Fojia Kap-Aiten shahrida yuz bergan. Ma’lumotlarga ko‘ra, 14 dekabrga o‘tar kechasi benzovoz haydovchisining mototsiklchi bilan to‘qnashuvdan qochishga urinishi vaqtida yo‘l-transport hodisasi yuz berib, yuk mashinasi ag‘darilib ketgan. Shundan keyin voqea guvohlari fursatdan foydalanib, benzovozdan benzin olishga tushib ketgan. Shu vaqtda benzovoz portlagan. Buning oqibatida chiqqan yong‘in yaqin oradagi binolarga ham o‘tgan.
Yong‘inni bartaraf etish uchun bir necha soat talab etilgan.
Mamlakat bosh vaziri Ariel Anri halok bo‘lganlar yaqinlariga hamdardlik bildirgan va fojia yuz bergan hududda uch kunlik motam e’lon qilinishini ma’lum qilgan.
Mavzuga oid
23:57 / 14.11.2024
Haitida bir kunda Amerikaning uchta yo‘lovchi samolyoti o‘qqa tutildi
15:12 / 26.10.2024
Nigeriyada benzovoz portlashi oqibatida 181 kishi halok bo‘ldi
21:37 / 21.08.2024
AQSh Haiti sobiq prezidentini giyohvand moddalar savdosida ayblab, unga sanksiyalar qo‘lladi
12:07 / 11.03.2024