8 dekabr, yakşanba kuni Inson huquqlarini himoya qiliş milliy tarmoği (RNDDH)ning ma’lum qilişiça, Haitidagi Site-Soley tumanida Wharf Jeremie tödasi tomonidan kamida 110 kişi öldirildi. Qirğinga jinoiy guruh rahbari Monel «Mikano» Feliksning farzandiga jodugarlik orqali zarar yetkazilgani böyiça şubhalari sabab bölgan.
Feliks bolasining kasalligi tufayli maslahat söragan vudu ustasi bir guruh keksa aholini töda boşliğining bolasiga jodugarlik bilan zarar yetkazganlikda ayblaganidan keyin qirğin uyuştirişni buyurdi. Maçete va piçoqlar bilan qurollangan töda a’zolari juma kuni kamida 60 kişini, şanba kuni esa 50 kişini öldirgan. RNDDH ma’lumotlariga köra, barça qurbonlar 60 yoşdan oşgan. Feliksning bolasi şanba kuni tuşdan keyin vafot etdi.
2022 yilda Monel «Micano» Feliksga qöşni Dominikan Respublikasiga kiriş taqiqlangan. Birlaşgan Millatlar Taşkilotining (BMT) hisob-kitoblariga köra, 2024 yil oktyabr holatiga köra, uning Wharf Jeremie tödasi a’zolari soni 300 kişini taşkil qiladi.
Poytaxt Port-o-Prens portiga yaqin joylaşgan Site-Soley aholi ziç yaşaydigan, Haitining eng qaşşoq va xavfli hududlaridan biri. Siyosiy bölinişlar tufayli parçalanib ketgan orol davlat hokimiyati poytaxt va uning atrofida qurolli tödalarning kuçayib borayotgan ta’sirini jilovlaş uçun kuraşmoqda. 2022 yilda mamlakat hukumati mahalliy politsiya uçun xalqaro yordam söragan, biroq 2023 yilda BMT Xavfsizlik Kengaşi tomonidan tasdiqlangan missiya qisman joylaştirilgan va jiddiy resurslar bilan ta’minlanmagan.













