BMT Xalqaro Migratsiya Taşkiloti (XMT) bayonotida aytilişiça, qurolli tödalar zöravonligi natijasida deyarli 1,3 million kişi Haitida öz uyini taşlab ketgan.

XMT ma’lumotlariga köra, Haitida içki köçişning rekord darajasi kuzatilgan, 1,3 millionga yaqin odam zöravonlikdan qoçiş uçun uylarini tark etişga majbur bölgan.

2024 yil dekabr oyidan buyon köçirilganlar soni 24 foizga oşdi, deya qayd etdi taşkilot.

Bayonotda iqtibos keltirgan XMT boş direktori Emi Poup bu raqamlar ortida insonlar hayoti borligini ta’kidladi: «Bolalar, onalar, qariyalar — köplar bir neça bor uyini tark etişga majbur böldi, ularning heç narsasi yöq. Ular hozir öta xavfli va beqaror şaroitlarda yaşamoqda. Biz hozir harakat qilişimiz kerak. Bu inqiroz yangi odatiy holga aylana olmaydi», — dedi Poup.

BMT hisob-kitoblariga köra, 2024 yilda Haitidagi töda hujumlari oqibatida 5600 dan ortiq kişi halok bölgan.

Haiti çuqur siyosiy, iqtisodiy va gumanitar inqirozga duç kelişda davom etmoqda. Poytaxt Port-o-Prensning 80 foizdan ortiği qurolli guruhlar tomonidan nazorat qilinadi. Mamlakat aholisi 11 million kişidan oşadi va millionlab aholi oçarçilik xavfi ostida.