O‘zbekiston | 16:00 / 15.12.2021
1142
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Qoraqalpog‘istonga 1,2 million dollarlik tibbiy jihozlar yuboradi

Foto: «Dunyo»

O‘zbekistonning AQShdagi elchisi Javlon Vahobov va Qoraqalpog‘iston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri Murod Qurbonov Nukusda amerikalik sheriklar bilan hamkorlikda gumanitar loyihalarni amalga oshirishni muhokama qildi.

«Project C.U.R.E.» xayriya tashkiloti bilan erishilgan kelishuvlar doirasida 2022 yilning yanvar oyida AQShdan Qoraqalpog‘iston tibbiyot muassasalariga 1,2 million dollar miqdoridagi ikkinchi yordam yetkazib beriladi.

«Project C.U.R.E.» va Qoraqalpog‘iston sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan bugungi kunda tibbiyot asbob-uskunalari va jihozlariga o‘tkir ehtiyoj sezayotgan 24 ta tibbiyot muassasasi ro‘yxatini shakllantirgan. 2021 yilning may oyida Qoraqalpog‘iston sog‘liqni saqlash organlariga AQShdan tibbiyot asbob-uskunalari, o‘pkani sun’iy ventilyatsiya qilish mobil apparatlari va boshqa anjomlardan tashkil etilgan insonparvarlik yordamining dastlabki partiyasi jo‘natilgan edi.

Bundan oldin Qoraqalpog‘istonga tibbiyot muassasalarining malakali mutaxassislari jalb qilinishi va kardiologiya markazi ochilishi aytilgandi.

Шуҳрат Саидаҳматов
Tayyorlagan Шуҳрат Саидаҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid