Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Paxtakor» 25-raqamli libosini Odil Ahmedovga abadiy topshirdi
Odil Ahmedovning ilk professional klubi Toshkentning «Paxtakor» jamoasi o‘z vaqtida futbolchi to‘p surgan 25-raqamli libosini abadiy unga atadi.
Yozda milliy jamoadagi faoliyatini yakunlagan Odil Ahmedov, bugun 18 dekabr kuni futbolchilik faoliyatini tugatganini rasman e’lon qildi. Bu haqda futbolchining o‘zi uning faoliyatiga bag‘ishlangan «Odil Ahmedov: «Orzuning shonli yo‘li» kitobi taqdimot marosimida ma’lum qildi.
Tadbir davomida «Paxtakor» klubi rahbariyati Odil Ahmedovning hurmati uchun jamoaning 25-raqamini unga abadiy topshirilishini ma’lum qildi. Ahmedov 2006-2010 yillar davomida «Paxtakor» safida to‘p surib, 2011 yil «Anji»ga transfer qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, Odil Ahmedov 2007 yildan 2021 yilning yozigacha bosh jamoamiz safida to‘p surib, O‘zbekiston JCh-2022 uchinchi saralash bosqichiga chiqa olmaganidan so‘ng milliy jamoadagi faoliyatini yakunlagan edi. 34 yoshli yarimhimoyachi Xitoy Superligasi joriy mavsumida «Tsanchjou Mayti Layons» safida 7 o‘yinda maydonga tushgandi. U faoliyati davomida «Paxtakor», «Anji», «Krasnodar», «Shanxay SIPG» klublarida ham to‘p surdi.
Mavzuga oid
17:43 / 25.04.2026
Superliga. «Paxtakor» va «Neftchi» ta’qibchilardan ilgariladi
17:07 / 20.04.2026
Superliga. Peshqadamlar poygasi va «Bunyodkor»dan superkambek
21:18 / 09.04.2026
«Paxtakor» Farg‘onada «Neftchi»ni mag‘lub etib, Superligada peshqadam bo‘lib oldi
13:12 / 16.03.2026