Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda “omikron” shtammi bilan bog‘liq dastlabki o‘lim qayd etildi
AQSh kasalliklarni nazorat va profilaktika qilish markazining bildirishicha, mamlakatdagi COVID-19 bilan bog‘liq holatlarning 73,2 foizi “omikron” shtammiga to‘g‘ri kelmoqda.
Foto: AP
AQShda “omikron”shtammi bilan bog‘liq ilk o‘lim holati qayd etildi. Bu haqda Texas shtati sog‘liqni saqlash organlariga tayanib ABC telekanali xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, bu AQShda “omikron” shtammini yuqtirish oqibatida yuz bergan birinchi o‘limdir.
Telekanal ma’lumotiga ko‘ra, vafot etgan shaxs 50 yoshlardagi erkak bo‘lib, uning koronavirusdan tashqari, sog‘lig‘i bilan bog‘liq boshqa muammolari bo‘lgan.
AQSh kasalliklarni nazorat va profilaktika qilish markazining bildirishicha, mamlakatdagi COVID-19 bilan bog‘liq holatlarning 73,2 foizi “omikron” shtammiga to‘g‘ri kelmoqda. Bir hafta avval bu ko‘rsatkich 12,6 foizni tashkil etayotgandi.
Mavzuga oid
23:36 / 29.04.2026
AQShda «opium epidemiyasi»ga sabab bo‘lgan farmatsevtika kompaniyasi yopiladi
21:33 / 29.04.2026
Oq uy prezident Trampni «qirol» deb atadi
21:02 / 29.04.2026
AQSh grin-karta va fuqarolik arizalari uchun tekshiruvni keskin kuchaytirdi
19:05 / 29.04.2026