O‘zbekiston | 07:49 / 21.12.2021
8045
1 daqiqa o‘qiladi

Qibrayda vagon ustiga chiqqan litsey o‘quvchisi tok urishidan vafot etdi

Toshkent viloyatining Qibray tumanida vagon ustiga chiqqan litsey talabasi tok urishidan halok bo‘ldi. Bu haqda Transport va turizm obektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, IIV Toshkent akademik litseyining 3-kurs talabasi bo‘lgan Z.J. Qibray tumanida joylashgan “Oq-qovoq” temir bekati 21-kilometrida vagon ustiga chiqqani oqibatida yuqori kuchlanishdagi tok urgan va voqea joyida vafot etgan.

Joriy yilning 20 dekabr kuni IIV litseyining 3-kurs talabasi ishtirokida yuz bergan baxsiz hodisa muhokamasi bo‘lib o‘tgan.

Yig‘ilishga taklif etilganlar tomonidan o‘quvchilarga temir yo‘lda harakatlanganda vagon ustiga chiqmaslik, temir yo‘lni belgilanmagan joyidan kesib o‘tmaslik, temir yo‘l atrofida quloqchinlardan foydalanmaslik, temir yo‘l hududi o‘ta xavfli hudud ekani to‘g‘risida tushunchalar berib o‘tilgan. 

Mavzuga oid