O‘zbekiston | 10:43 / 24.12.2021
21999
2 daqiqa o‘qiladi

Dam olish kunlari yomg‘ir qorga aylanishi kutilmoqda - «O‘zgidromet»

Bugun respublika hududining katta qismida iliq va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati 8-13 daraja iliqni tashkil etadi. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar berdi.

Foto: Kun.uz

Qayd etilishicha, respublikaning shimoliy hududlariga sovuq antitsiklon kirib kelishi boshlanadi, bu hududlarning ba’zi joylarida qor yog‘adi, shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin, harorat kunduzi 2 daraja sovuq - 3 daraja iliqdan yuqori bo‘lmaydi.

Ertaga respublikaning barcha hududlariga antitsiklon kirib keladi, Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida ba’zi joylarda qor yog‘adi, Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanishi mumkin, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Faqat Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliqni, kunduzi 5-10 daraja iliqni, shimolda kechasi 3-8 daraja sovuqni, kunduzi 0-5 daraja sovuqni tashkil etadi.

Yakshanba kuni mamlakatning barcha hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘ladi, shimolda yog‘ingarchilik to‘xtaydi. Harorat kechasi va kunduzi 2 daraja sovuq - 3 daraja iliqni, shimolda kechasi 9-14 daraja sovuqni, kunduzi 0-5 daraja sovuqni tashkil etadi.

Dushanba kuni O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik bo‘lishi ehtimoli kam, kechasi harorat 3-8 daraja sovuqqacha pasayadi, kunduzi 2 daraja sovuq - 3 daraja iliqdan yuqori bo‘lmaydi, bu ushbu kun uchun bo‘lgan ko‘p yillik qiymatlardan 5-7 darajaga kamdir.

Shu kunlarda respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.

Mavzuga oid