Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga jo‘nab ketdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Uzbekistan GTL” zavodining ochilish marosimida ishtirok etish uchun Qashqadaryo viloyatiga jo‘nab ketdi.
Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu majmua O‘zbekistonda yangi sanoat davrining ifodasi, deb baholanmoqda. Yangi zavodda Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasining tozalangan metani asosida sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqariladi.
Yangi korxona GTL, ya’ni "gazni - suyuqlikka" texnologiyasi asosida yiliga 3,6 mlrd metr kub tabiiy gazni qayta ishlab, 1,5 mln tonna tayyor mahsulotlar - aviakerosin, dizel yoqilg‘isi, nafta, suyultirilgan gaz ishlab chiqarish quvvatiga ega.
Bunday zavod shu paytgacha jahonda faqat 4 ta davlatda – Qatar, Nigeriya, JAR va Malayziyada barpo etilgan.
Tashrif chog‘ida Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasining ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish loyihasiga ham tamal toshi qo‘yiladi.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
08:29 / 26.05.2026
Qashqadaryoda IIB xodimi pora bilan ushlandi
19:41 / 20.05.2026
Qashqadaryoda 25 yoshli yigit sel oqizib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
11:45 / 18.05.2026