O‘zbekiston | 11:24 / 27.12.2021
8493
1 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda bir qator hududlarga yangi prokurorlar tayinlandi

Qashqadaryo viloyatining ikkita tumaniga va Qarshi shahriga yangi prokuror tayinlandi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Bosh prokurorning buyrug‘iga asosan adliya kichik maslahatchisi Alisher Davlatovich Mirzoyev Qarshi shahar prokurori lavozimiga tayinlangan.

Mazkur tayinlovgacha A.Mirzoyev Qarshi tumani prokurori lavozimida ishlagan.

Shuningdek, adliya maslahatchisi Tog‘murod Joniqulovich Murodov Qarshi tuman prokurori lavozimiga tayinlangan.

Bungacha T.Murodov Kitob tumani prokurori lavozimida ishlagan.

Adliya maslahatchisi Sobirjon Nurboyevich Temirov Kitob tuman prokurori lavozimiga tayinlangan.

S.Temirov tayinlovga qadar Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani prokurori lavozimida ishlagan.

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid