Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AhadMix Group Toshkent yoshlar forumining texnik ko‘mak bo‘yicha hamkoriga aylandi
20 va 21 dekabr kunlari poytaxtda Toshkent shahar hokimligi tomonidan tashkil etilgan «Toshkent yoshlar forumi» bo‘lib o‘tdi. AhadMix Group ushbu yirik tadbir uchun texnik ko‘mak bo‘yicha hamkorga aylandi.
11 yildan ortiq vaqt davomida AhadMix Group turli darajadagi tadbirlarni texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullanadi va ishonchli ishlab chiqaruvchilarning jihozlariga ega.
Forumga texnik tayyorgarlik ikki hafta davom etdi. Avvalo, forum ochilish marosimining yorug‘lik shousi konsepsiyasi 3D vizualizatsiya yordamida ishlab chiqildi. Tadbirni 3D ko‘rinishida ishlab chiqish sahnaning to‘g‘ri joylashishi, yoritish moslamalari, LED ekranlar, maxsus effektlar va shouning boshqa atributlarini to‘g‘ri hisobga olish imkonini berdi.
Uskunalarni o‘rnatish 7 kundan ortiq davom etdi, bu vaqt ichida AhadMix Group jamoasi 550 dan ortiq yoritish moslamalarini joylashtirib chiqdi. Ta’kidlash joizki, kompaniya yorug‘lik shoulari bo‘yicha jahon tashkilotchilari orasida katta talabga ega bo‘lgan yetakchi ishlab chiqaruvchi Light Sky yoritish moslamalaridan foydalanadi.
Forum davomida kompaniya xodimlari Kongress-hollda bo‘lib o‘tgan eng muhim voqealar: ochilish marosimi, ma’ruzachilar bilan uchrashuvlar, mahorat saboqlari, moda namoyishlari, O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri konsertining texnik ta’minoti va boshqalar uchun to‘liq javobgar bo‘ldi.
AhadMix Group uchun Toshkent yoshlar forumi kabi keng ko‘lamli loyihada ishtirok etish nostandart texnik yechimlarni izlash imkoniyati va forum tashkilotchilari – Toshkent shahar hokimligi hamda O‘zbekiston milliy kinokomissiyasi tomonidan bildirilgan ishonch ko‘rsatkichiga aylandi.
AhadMix Group kompaniyasi hamkorlik va yangi loyihalar uchun doimo ochiq, kompaniya mutaxassislari esa barcha texnik ko‘mak masalalari bo‘yicha maslahat berishi mumkin. Yorqin va esda qolarli tadbir uchun quyidagi jihozlar ijaraga beriladi:
- har xil turdagi LED ekranlar;
- yoritish uskunalari;
- maxsus effektlar uchun uskunalar: tutun, olov, tuman, qor generatorlari;
- sahna uchun konstruksiyalar;
- konferens-tizimlar;
- tovush uskunalari;
- videokonferensiya uchun uskunalar va boshqa texnikalarning katta ro‘yxati.
Muloqot uchun aloqa raqami: (+998) 94−657−33−33
Rasmiy veb-sayt: ahadmix.uz
Facebook’dagi rasmiy sahifa: fb.com/ahadmixgroup
Instagram’dagi rasmiy sahifa: instagram.com/ahadmix_group
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
09:40 / 15.10.2022
AhadMix Group 2022 yilgi dzyudo bo‘yicha jahon chempionati uchun yoritish uskunalarini taqdim etdi
16:00 / 26.05.2022
AhadMix Group “2021 yil brendi” sovrinini qo‘lga kiritdi
09:00 / 30.04.2022
AhadMix Group hashar doirasida poytaxtdagi LED-monitorlarni tozaladi
15:23 / 03.11.2021