21 may kuni Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida marketing sohasidagi törtinçi “MAKON Marketing Forum – 2022” xalqaro biznes-forumi bölib ötdi. Unda “2021 yil brendi” mukofoti sohiblari e’lon qilindi.
Iste’molçilar örtasida ötkazilgan ovoz beriş natijalariga köra, AhadMix Group “Yoritiş moslamalari va tadbirlarning texnik ta’minoti” nominatsiyasida ğoliblikni qölga kiritdi.
Markaziy Osiyodagi eng yirik marketing forumi hisoblanuvçi MAKON forumi va “Yil brendi” uçun yiğilgan ovozlarni hisoblaş jarayoni mana 5 yildirki tadbirkorlar va marketing sohasidagi ekspertlarni bir davrada jamuljam qilib kelmoqda.
Forumda mahalliy tadbirkorlar, yirik kompaniyalarning top-menejyerlari va marketologlari iştirok etdi. Rossiya, Ukraina va Qozoğistondan qatnaşgan ekspertlar samarali marketing strategiyalari va biznes-loyihalarni işlab çiqiş böyiça öz tajribalari va tavsiyalari bilan örtoqlaşdi.

Bu ğalaba AhadMix Group jamoasi uçun katta rağbat va töğri yönalişda ketayotganliklarining muhim belgisi böldi. Bugungi kunda kompaniya 400dan ortiq mijozlar bilan işlab kelmoqda. Taşkil etilgan tadbirlar soni 7 mingdan, şahar böylab örnatilgan LED-ekranlar soni esa 40tadan oşgan.
AhadMix Group ğolibni aniqlaşda qatnaşgan barça ovoz beruvçilarga minnatdorçilik bildiradi. Şuningdek, hamkorlarimiz va hamkasblarimizga qöllab-quvvatlaganliklari uçun taşakkur izhor qilamiz.
Kompaniya yangi hamkorlar va qiziqarli loyihalar uçun doim oçiq.
LED-ekranlarda taşqi reklama joylaştiriş, tadbirlar uçun ovoz va musiqa moslamalarini ijaraga oliş masalalarida ma’lumot oliş uçun quyidagi telefon raqamga murojaat qilişingiz mumkin:
Telefon: (+998) 94 657 33 33
Instagram: instagram.com/ahadmix_group
Facebook: fb.com/ahadmixgroup












