O‘zbekiston | 07:26 / 28.12.2021
6450
2 daqiqa o‘qiladi

Mahallabay ishlash agentligining asosiy vazifalari belgilandi

Foto: Shutterstock

“Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” prezident qarori qabul qilindi.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining o‘rinbosari – Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori lavozimi kiritildi.

Quyidagilar agentlikning asosiy vazifalari etib belgilandi:

  • respublikada tadbirkorlikni va mahallalarni iqtisodiy rivojlantirish borasida yagona davlat siyosatini yuritish;
  • mahallabay ishlashning vertikal tizimi asosida aholining daromadli mehnat bilan bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka jalb qilish va o‘qitish hamda o‘zini o‘zi band qilish faoliyatiga yo‘naltirish;
  • vakolatli davlat organlari va tashkilotlari hamda mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimi yordamchilarining faoliyatini muvofiqlashtirish.

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tarkibiga o‘tkazildi.

Agentlik tarkibida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi tashkil etildi.

Mavzuga oid