«O‘zgidromet» dam olish kunlari kutilayotgan ob-havo to‘g‘risida ma’lumot berdi
2021 yilning so‘nggi kunlari O‘zbekistonning barcha hududlarida quruq va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kechalari havo harorati 0-5 daraja iliq, kunduz kunlari esa 10-15 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, yangi yilning dastlabki kunlari, 1-3 yanvarda respublikaning ayrim hududlarida vaqti-vaqti bilan biroz yog‘ingarchilik bo‘ladi. 4 yanvarda O‘zbekiston hududining katta qismida yomg‘ir yog‘adi. Kechalari havo harorati 2-7 daraja iliq, 1-3 yanvarda kunduz kunlari 10-15 daraja iliq, 4 yanvarda esa 5-10 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
Ushbu kunlarda faqat respublikaning tog‘li hududlarida qor yog‘adi. 4 yanvarda ba’zi joylarda kuchli qor yog‘ishi mumkin.
Mavzuga oid
20:23 / 07.10.2024
2023 yilgi qurg‘oqchilik dunyo daryolarining 50 foizini sayozlashtirdi
18:31 / 07.10.2024
Hafta davomida yog‘ingarchiliksiz va iliq ob-havo kutilmoqda
12:40 / 07.10.2024
8 oktyabr kuni harorat 29 darajagacha ko‘tariladi
16:30 / 05.10.2024