Jahon | 23:39 / 30.12.2021
12996
1 daqiqa o‘qiladi

Portugaliyalik 6 nafar o‘smir 33 ta davlatni sudga berdi

Foto: BBC News

Portugaliyalik 6 nafar o‘smir 33 ta davlat ustidan Yevropaning inson huquqlari bo‘yicha sudiga arz qildi. Arznomada nomlari keltirilgan davlatlar iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurash bo‘yicha bergan va’dalarini bajarmayotganlikda ayblangan, deb xabar berdi BBC News telekanali.

O‘smirlar inson huquqlari haqidagi qonunlarga tayanib, Yevropa davlatlari siyosatchilarini global isish muammosini faolroq yechishga undashmoqchi.

Arznomani 13 yoshli Olivera, uning 16 yoshli opasi Sofiya va ularning 4 nafar do‘sti bergan. Ularga sudga arz qilish fikri Portugaliyada o‘rmon yong‘inlaridan ko‘rilgan zarar ma’lum qilingandan keyin kelgan.

Portugaliyada o‘rmon yong‘inlari 2017 yilda yuz bergan. O‘shanda 53 ming gektar maydon olov ichida qolgan, 66 kishi halok bo‘lgan, 485 oila boshpanasiz qolgan. Yong‘inlarga iqlim o‘zgarishi sababli hukm surgan rekord darajadagi issiq havo sabab bo‘lgan.

Mavzuga oid