O‘zbekiston | 12:03 / 30.12.2021
5858
1 daqiqa o‘qiladi

Sardoba tumani hokimining uch nafar o‘rinbosariga hayfsan intizomiy jazosi berildi

Sardoba tumani hokimining tegishli farmoyishi bilan uch nafar o‘rinbosariga hayfsan intizomiy jazosi berilgan.

Tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — tuman iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i Abdukarim Ergashev, tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Iskandar Tojiyev, tuman hokimi o‘rinbosari – mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i Akbar Norbekovga nisbatan hayfsan intizomiy jazo choralari qo‘llangan.

Qarorda keltirilishicha, o‘rinbosarlarga hayfsan jazosi murojaatlarni ko‘rib chiqishda qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘ygani hamda ko‘rib chiqish muddatlarini buzgani uchun berilgan.

Mavzuga oid