Jamiyat | 12:26 / 31.12.2021
11271
2 daqiqa o‘qiladi

“Har bir qadamim azob” - og‘riqlardan charchagan ayol qismati

33 yoshli ayol tanasidagi og‘riqlar sabab yurishga, o‘tirishga qiynaladi. Unda suyaklar yemirilishi sabab tos suyagiga endoprotez o‘rnatilishi lozim. Faqat dehqonchilik ortidan kun ko‘radigan oilada esa bunga imkoniyat yo‘q.

 

Nilufar bolalikdan tug‘ma xastalik bilan kurashib keladi. Unga ikkitomonlama tos suyagining yemirilishi tashxisi qo‘yilgan.

Ayolning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda unga kuchli og‘riqlar azob bermoqda: “Yurishga qiynalaman, har bir qadamim azob. Og‘riqlar judayam kuchli bo‘lyapti, ayniqsa yemirilish boshlangandan beri hatto uxlash ham qiyin. Tunlari bilan og‘riqlar azob beradi, o‘g‘lim: “Onajon, faqat o‘lib qolmang. Bizga sizdan boshqa hech kim kerakmas” deydi.

Yashash sharoitimiz og‘irroq. Tezroq tuzalib, turmush o‘rtog‘imga yordam berib, bolalarimni yaxshi tarbiyalashni niyat qilaman”.

2-guruh nogironi bo‘lgan Nilufarning dardiga davo – endoprotez qo‘yish orqali topiladi. Ammo oilaning moddiy holati uchun bu mushkul masala hisoblanadi.

“Oilamiz bilan dehqonchilik qilib ro‘zg‘or tebratardik. Shu ahvolimda ham qarab o‘tirmasdim, qor-yomg‘irda ham ishlayverardim. Hozir menga endoprotez olish uchun moddiy yordam kerak bo‘lyapti” deydi yaxshi insonlardan umidvor ayol.

O‘ylaymizki, saxovatning yog‘dusi bilan mehnatkash, zahmatkash bir ayolning og‘riqlarda kechayotgan hayoti yorishadi. Uning iltijolari javobsiz qolmaydi.

O‘zkard: 8600 0610 4430 2403 Musayeva Nilufar nomida

Viza: 4455 5500 1365 2355 qarindoshi Salimsakov G‘ulomxo‘ja nomida 

Гулмира Тошниёзова
Tayyorlagan Гулмира Тошниёзова
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid