Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2022 yilda kamida 60 ming nafar fuqaro xorijda ishga joylashtiriladi
Xavfsiz, tashkillashtirilgan xorijiy mehnat migratsiyasiga fuqarolarni yuborishni tashkil etish, xorijda mehnat qilayotgan fuqarolar haq-huquqlarini ta’minlashga manzilli ko‘mak ko‘rsatish rejalashtirilmoqda.
2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasiga ko‘ra, xorijiy mamlakatlar mehnat resurslari va ishchi kuchi, aniq mutaxassislarga bo‘lgan talabini o‘rganish mo‘ljallangan.
Xorijda mehnat qilayotgan fuqarolar mehnat sharoitlari, ularni qiynayotgan muammolar o‘rganib chiqiladi.
2022 yilda kamida 60 ming nafar fuqarolarni ishga joylashtirishni ta’minlash ko‘zda tutilmoqda.
Tashkillashtirilgan holda yuborilgan 20 ming nafar fuqaroga hayoti va sog‘lig‘ini sug‘urtalash polislari xarajatlarini qoplab berish, 10 ming nafar fuqaroga imtiyozli mikrokreditlar ajratish ishlari amalga oshiriladi.
Amalga oshirilayotgan ishlar natijasi bo‘yicha prezident administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga hisobot berish ham ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
17:43 / 04.06.2026
1 iyundan Rossiya qonunchiligida migrantlar uchun qator o‘zgarishlar kuchga kirdi
18:42 / 01.06.2026
YeI Qozog‘iston va O‘zbekistonda migratsiya markazi ochishi mumkin - OAV
18:32 / 27.05.2026
2026 yilda ko‘chib o‘tish uchun eng yaxshi mamlakatlar e’lon qilindi
23:10 / 25.05.2026