O‘zbekiston | 12:18 / 06.01.2022
28575
2 daqiqa o‘qiladi

Bir qancha tovarlarni O‘zbekistonga olib kirishda import boji bekor qilindi

Imtiyozlar 2022 yil 31 dekabrgacha amal qiladi.

Foto: Getty Images

Prezidentning 2022 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.

2022 yilning 31 dekabriga qadar O‘zbekiston hududiga olib kirishda import bojining nol stavkasi qo‘llanadigan tovarlar ro‘yxati:

  • 0105-tovar pozitsiyasida ko‘rsatilgan yangi so‘yilgan, sovitilgan yoki muzlatilgan uy parrandasi go‘shti va qo‘shimcha ozuqabop mahsulotlar;
  • bug‘doy uni yoki bug‘doy-javdar uni;
  • 1006-tovar pozitsiyasida ko‘rsatilgan guruchdan tashqari boshqa usullarda qayta ishlangan (masalan, oqishoq yoki yanchilgan ko‘rinishda po‘sti tozalangan, bosilgan, yorma qilib qayta ishlov berilgan, (oqlangan) boshoqli donlar;
  • butun, yorma ko‘rinishida bosilgan yoki yanchilgan boshoqli don murtagi;
  • kimyoviy tarkibi o‘zgartirilmagan holda tozalangan yoki tozalanmagan kungaboqar, maxsar yoki paxta moyi va ularning fraksiyalari;
  • sovun; tarkibiga sovun qo‘shilgan yoki qo‘shilmagan, bruslar shaklidagi yoki qoliplangan buyumlar ko‘rinishidagi sovun sifatida ishlatiladigan yuzaga faol ta’sir ko‘rsatuvchi organik moddalar va vositalar;
  • suyuqlik yoki krem ko‘rinishidagi va chakana sotish uchun qadoqlangan, tarkibiga sovun qo‘shilgan yoki qo‘shilmagan, yuzaga faol ta’sir ko‘rsatuvchi organik moddalar va terini yuvish vositalari;
  • yuzaga faol ta’sir ko‘rsatuvchi organik moddalar (sovundan tashqari); tarkibiga sovun qo‘shilgan yoki qo‘shilmagan (3401-tovar pozitsiyasidan tashqari) yuzaga faol ta’sir ko‘rsatuvchi moddalar, yuvish vositalari (shu jumladan yordamchi yuvish vositalari) va tozalash vositalari.

Mavzuga oid