Jamiyat | 15:09 / 07.01.2022
15852
1 daqiqa o‘qiladi

Chilonzor ko‘prigida 8ta avtomobil YTHga uchradi

Bugun, 7 yanvar kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanida bir necha yengil avtomobillar ishtirokida YTH sodir bo‘ldi.

Hodisa Bunyodkor shohko‘chasi va Kichik halqa avtomobil yo‘li kesishmasida barpo qilingan ko‘prikda ro‘y bergan.

Kun.uz muxbirining xabar qilishicha, ko‘prik ustida 5ta avtomobil to‘qnashgan. Undan 100 metrlar masofada yana 3ta yengil mashina ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Hodisalarda tan jarohati olganlar haqida ma’lumot yo‘q.

Taxminlarga ko‘ra, YTHga yo‘lning sirpanchiqligi va haydovchilarning oraliq masofaga rioya qilmagani sabab bo‘lgan.

Толиб Раҳматов
Muallif Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid