Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jyenisbek Piyazov maktabgacha ta’lim vaziri maslahatchisi etib tayinlandi
O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq artisti Jyenisbek Piyazov maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shinga maslahatchi etib tayinlandi.
Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati
Maktabgacha ta’lim vazirligi xabariga ko‘ra, Jyenisbek Piyazov jamoatchilik asosida faoliyat yuritadi hamda maktabgacha ta’lim sohasida madaniyat va san’atni rivojlantirish bilan shug‘ullanadi.
Jyenisbek Piyazov 1988 yil Nukus shahrida tug‘ilgan, o‘zbek va qoraqalpoq opera xonandasi.
U respublika vokalchilari tanlovining 1-mukofoti laureati, «Qozoq romantikasi» xalqaro tanlovi, rus romantikasining yosh ijrochilari Moskva xalqaro tanlovi hamda xalqaro vokalchilar tanlovining gran-pri g‘olibi.
Ma’lumot uchun, maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shinning uch nafar o‘rinbosari bor. Bahodir Anorboyev maktabgacha ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan bo‘lsa, Nodir Musliddinov va Uzoqboy Begimqulov vazir o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritmoqda.
Mavzuga oid
14:42 / 07.11.2025
Samarqand, Andijon, Qashqadaryo - MTT soni bo‘yicha yetakchi hududlar
18:05 / 24.10.2025
Ayrim oila farzandining nodavlat bog‘cha uchun to‘lovi bir qismi qoplab beriladi
11:40 / 10.09.2025
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
18:08 / 16.07.2025