Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 10:32 / 07.01.2022
4382
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekistonda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish dasturi ishlab chiqiladi
O‘zbekistonda ish bilan band bo‘lmagan xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb etish va o‘zini o‘zi band qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
Foto: Navbahor tumani hokimligi
2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasiga ko‘ra, hududlarda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish dasturini ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.
Bunda:
- har bir hududda “Xotin-qizlar hunarmandchilik markazlari” va klasterlarni tashkil qilish;
- xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari faoliyatini takomillashtirish, mintaqaviy markazlar ochish choralarini ko‘rish;
- tadbirkor xotin-qizlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni realizatsiya qilishga ko‘maklashish;
- xotin-qizlarni tadbirkorlikka o‘qitish va biznesga jalb qilish nazarda tutiladi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
15:01 / 10.11.2025
Toshkent shahri va Xorazmda tadbirkorlik zichligi eng yuqori
15:11 / 04.11.2025
Bitiruvchilarni ishga olgan tadbirkorlar uchun imtiyozlar joriy etildi
11:51 / 27.10.2025
Soliq nizolarini ko‘rib chiqish uchun ekspert kengashi ish boshlaydi
17:58 / 24.10.2025