O‘zbekiston | 08:40 / 07.01.2022
7263
1 daqiqa o‘qiladi

Xorijga chiqish biometrik pasportini Yagona portal orqali olish tartibi belgilandi

Hukumat qarori bilan fuqarolarning xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza yuborish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

Foto: Kun.uz

Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun fuqarolar arizani o‘z xohishiga ko‘ra quyidagilardan biriga berishi mumkin: IIVning migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalariga kelgan holda; davlat xizmatlari markazlariga kelgan holda; Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali.

Ariza berishda so‘rovnoma to‘ldiriladi, so‘rovnomada xato ma’lumotlar ko‘rsatilganda yoki hujjatlar to‘liq bo‘lmaganida, kamchiliklarni bartaraf etish uchun ariza beruvchiga 5 ish kuni beriladi, xatolar bartaraf etilmasa so‘rovnoma rad etiladi.

Fuqarolar xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun 3 ish kunida davlat bojini to‘laydi.

Ariza beruvchi arizasi qabul qilinganligi va fotosuratga tushish hamda qo‘l barmoq elektron izlarini olish uchun kelish kuni haqida 1 ish kunida xabardor qilinadi.

Xorijga chiqish biometrik pasporti 10 ish kunida beriladi.

Mavzuga oid