Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda qariyb 400 mln so‘mlik tabiiy gaz “o‘g‘irlandi”
Navoiy viloyatining Zarafshon shahridagi g‘isht ishlab chiqarish sexida gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, departamentning Zarafshon shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda hududdagi MChJlardan biriga qarashli g‘isht ishlab chiqarish sexida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlangan. Tsexda tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 384 mln so‘m zarar yetkazilgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Oldinroq Navoiy shahridagi MChJlardan biri 11 300ta xonadonning bir kunlik iste’moliga yetadigan gazdan o‘g‘rincha foydalangani ma’lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid
20:34 / 10.07.2026
Rossiya gazining O‘zbekistonga yetkazib berish hajmi oshishi kutilmoqda
18:53 / 10.06.2026
Qozog‘iston Rossiya gazining O‘zbekistonga tranzitini oshirishga tayyorligini ma’lum qildi
22:09 / 08.06.2026
«Gazprom» O‘zbekistonga eksportni 15 foizga oshirganini ma’lum qildi
21:35 / 20.05.2026