Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Orzu qilishga haqqim yo‘q, chunki ushalmasdek tuyulaveradi” – xasta qizning hasratlari
Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanida istiqomat qiladigan kamtaringina oilada bir qiz umidlar bilan yashaydi. Nasiba 19 yoshda, ammo dard uni kattalar kabi sermulohaza bo‘lishga majbur qilgan, tushkun holatga solib qo‘ygan.
“Yurishga, oyog‘imni bosishga qiynalaman. Xasta odamning orzulari armonga aylanarkan. Biz shundaymizki, hatto orzu qilishga ham haqqimiz yo‘q. Chunki baribir ushalmaydigandek tuyulaveradi.
Bizning yagona orzuimiz, yagona tilagimiz – sog‘lom bo‘lish, shundan boshqasi kerakmas.
Hozir so‘nggi umidim xorijdagi shifokorlardan bo‘lib turibdi. Lekin unga juda katta mablag‘ kerak ekan” deya o‘kinadi qiz.
Bemorning onasi Gulbahor opa xalqning farzandiga ustozlik qiladi, ammo ular orasida o‘z farzandini ko‘rolmasligi, qizining boshqalar kabi maktabda o‘qishga imkoni yo‘qligidan onaning yuragi g‘amga to‘lgan: “Qizim 2-guruh nogironi, bir kun ham maktabda o‘qiy olmadi: uyda ta’lim oldi. Sakkiz yildan beri dard bilan olishib keladi. Uning qon tomirlari yaxshi ishlamaydi, ko‘rinishi yaxshi ko‘ringani bilan dardi judayam og‘ir. Davolanish uchun ketadigan mablag‘ juda kattaligi uchun yordam so‘rayapman”.

Ona bemor qizining kundan kunga yomonlashayotgan sog‘ligidan kuyinadi. Chunki bu kasallik Nasibaning hayotiga jiddiy xavf solib turibdi. Bu xastalikka qarshi o‘z vaqtida ko‘rilmagan chora bir insonning hayotdan bevaqt ketishiga olib kelishi mumkin. Uning imkon qadar tezroq darddan forig‘ bo‘lishi uchun yurtdoshlari ko‘magi zarur.
Oramizda o‘zgalar tashvishini o‘z tashvishi kabi qabul qilib, befarq qarab turmaydigan insonlar ko‘p. Ular bor ekanki, hayotga chanqoq bemor qizning nolalari javobsiz qolmaydi.
Nasiba Rahmonberdiyevaga oid ma’lumotlar:
O‘zkard: 8600 0423 8767 3378 onasi Gulbahor Hakimova nomida
Viza: 4178 8000 3044 7866 onasi Gulbahor Hakimova nomida
Mavzuga oid
12:07 / 25.02.2026
Kiberfiribgarlik: bemor bolalar uchun xayriya videolari orqali pul yig‘gan shaxs ushlandi
21:57 / 16.02.2026
Ramazon oyidagi xayriya tadbirlariga 1 trillion so‘m ajratiladi
10:36 / 25.08.2025
Homiylik xayriyalarini yig‘ish tartibi belgilandi
20:18 / 08.05.2025