Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida yangi qurilgan IES quvvat uzatishni boshladi
Toshkent viloyatidagi quvvati 240 MVt bo‘lgan yangi issiqlik elektr stansiyasi respublikaning yagona elektr tarmog‘iga quvvat uzatishni boshladi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Turkiyaning “Aksa Enerji” kompaniyasi tomonidan Toshkent viloyatining Qibray tumanida qurilgan, quvvati 240 MVt bo‘lgan bug‘-gaz elektr stansiyasining ochiq taqsimlash qurilmasiga ilk kuchlanish berilgan edi.
Mazkur elektr stansiya kecha, 2022 yil 14 yanvar kuni soat 11:15 da O‘zbekistonning yagona elektr tarmog‘iga quvvat uzatishni boshladi. Ushbu issiqlik elektr stansiyasi yiliga 2,0 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi.
Qurilmalarning foydali ish koeffitsiyenti yuqoriligi hisobiga yiliga 290 million metr kub tabiiy gaz tejaladi. Tejalgan tabiiy gaz hisobiga qo‘shimcha 1 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoni yaratiladi.
Umumiy qiymati 150 million AQSh dollariga teng bo‘lgan mazkur loyiha Turkiyaning “Aksa Enerji” kompaniyasi tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar hisobiga amalga oshirildi. Mazkur elektr stansiya “Aksa Enerji” kompaniyasi tomonidan respublikada ishga tushirilgan ikkinchi IES hisoblanib, birinchisi joriy yilning 11 yanvar kuni Buxoro viloyatida (quvvati 270 MVt) ishga tushirilgandi.
Mavzuga oid
11:20 / 22.06.2026
Bo‘stonliqda kanalga tushib ketgan ikki boladan birining jasadi topildi
21:23 / 20.06.2026
Qibrayda avtomobilda qizlarga uyatsiz harakat qilgan yigitlar 5 sutkaga qamaldi
16:47 / 19.06.2026
Toshkent viloyatida ekologiya mas’ullariga qat’iy choralar ko‘rildi
08:45 / 16.06.2026