Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda 2 nafar o‘qituvchiga prezident sovg‘asi sifatida mashina berildi
Navbahor tumanida o‘qituvchilarning nufuzini yanada oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2 nafar namunali mehnat qilib kelayotgan fidoyi o‘qituvchilarga Cobalt mashinasi sovg‘a qilingan. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, mashinalar tumandagi 1-umumta’lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi Sohiba Navro‘zova hamda 20-umumta’lim maktabining geografiya fani o‘qituvchisi Obidjon Saydaxmetovga berilgan. Ushbu o‘qituvchilar o‘z faoliyatlari davomida yuzlab bitiruvchilarning OTMlarga o‘qishga kirishida munosib hissa qo‘shishgan. Hokimlikka ko‘ra, o‘qituvchilarni bu tariqa rag‘batlantirish Navbahor tajribasi sifatida endilikda har yili amalga oshiriladi.
Ma’lumot uchun, o‘tgan o‘quv yilida Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan e’lon qilingan maktablar reytingida Navoiy viloyati eng yuqori o‘rinni egallagandi.
Mavzuga oid
09:55
Navoiyda IIB tergovchisi pora olishda qo‘lga tushdi
09:00 / 01.07.2026
Toshkent va Navoiyda mansabdorlar pora bilan ushlandi
15:20 / 19.06.2026
Samarqandda maktab o‘quvchisi o‘z joniga qasd qildi. U sinf rahbari tomonidan kaltaklangani aytilmoqda
18:17 / 15.06.2026