Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi umumta'lim muassasalari reytingini e'lon qildi. Reytingda eng oxirgi o‘rinlarni Qashqadaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatlari band etdi.

Reyting  207 ta tuman va shaharlarda joylashgan 9 622 ta maktab faoliyati tahlili asosida chiqarilgan, bu orqali viloyatlar, tuman shaharlardagi ta'lim sifatiga baho berilgan.

Maktab ta'limi sifati bo‘yicha tuman va shaharlar reytingida yuqori o‘ntalik:

  • Navoiy shahri;
  • Yakkasaroy tumani;
  • Nukus tumani;
  • Zarafshon shahri;
  • Uchquduq tumani;
  • Bektemir tumani;
  • Mirobod tumani;
  • Qorovulbozor tumani;
  • Bo‘ston tumani;
  • Yashnobod tumani.

Reytingdagi so‘nggi o‘ntalik:

  • So‘x;
  • Uzun;
  • Beruniy;
  • Chiroqchi;
  • Dehqonobod;
  • To‘rtko‘l tumanlari;
  • Namangan shahri;
  • Muzrabot tumani;
  • Marg‘ilon shahri;
  • Bo‘zotov tumani.

Ushbu reyting hokimlar va ularning ta'lim va tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilari faoliyatiga ham berilgan baho hisoblanadi