Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2021 yilda eng ko‘p qaysi avtomobil ishlab chiqarilgani ma’lum qilindi
2021 yilda eng ko‘p “Cobalt” avtomobili ishlab chiqarilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Qo‘mita xabariga ko‘ra, avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2021 yilda ishlab chiqarilgan avtomobillar soni bo‘yicha “Cobalt” yetakchilik qilmoqda - 71 082 dona.
Keyingi o‘rinlardan 51 061 dona ishlab chiqarilgan “Lacetti-Gentra” va 31 466 dona ishlab chiqarilgan “Nexia T-250” joy oldi.
Shuningdek, 2021 yilda 55 068 dona “Damas”, 17 308 dona “Labo” va 9 915 dona “Spark” avtomobili ishlab chiqarilgan.
Avvalroq, O‘zbekiston qaysi davlatlarga eng ko‘p avtomobil eksport qilgani ma’lum bo‘lgandi.
2021 yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston yengil avtomobillarni eng ko‘p Qozog‘istonga eksport qilgan — 28 651 ta. Keyingi o‘rinlardan Ukraina (744 ta) va Rossiya (448 ta) joy olgan.
Mavzuga oid
10:15 / 01.07.2026
Qamchiqda yonilg‘i tashuvchi maxsus avtomobil YTHga uchradi
10:49 / 30.06.2026
Ro‘yxatga olish natijasida O‘zbekiston aholisi soni 39 milliondan oshiq ekani ma’lum bo‘ldi
09:20 / 29.06.2026
Endi cheklarni «Soliq» ilovasiga yuklaganlar avtomobil yutib olishi mumkin
09:05 / 29.06.2026