O‘zbekiston | 11:38 / 25.01.2022
2635
2 daqiqa o‘qiladi

SSV soha xodimlari oyligidan ushlab qolish holatlariga munosabat bildirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda tibbiyot xodimlarining turli assotsiatsiya va nashrlarga o‘z oylik maoshidan mablag‘ o‘tkazishga roziligi haqida yozgan arizalari tarqalgan edi. 

Cog‘liqni saqlash vazirligi ushbu holatlar o‘rganilayotgani va kamchilikka yo‘l qo‘ygan mas’ullarga tegishli choralar ko‘rilayotgani haqida xabar berdi.

«Tibbiyot sohasida mehnat qonunchiligi talablari buzilishiga, shifokor va hamshiralarning ish haqidan asossiz va «ixtiyoriy» tarzda turli ushlanmalar olib qolinishiga yo‘l qo‘yilmaydi», deyiladi xabarda. 

Soha xodimlaridan majburiy mehnatga jalb qilish yoki ish haqidan noqonuniy ushlab qolish holatlari kuzatilsa, vazirlikning 71-241-16-40 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilish so‘ralmoqda.

Ma’lumot uchun, Mehnat kodeksining 164-moddasiga ko‘ra mehnat haqidan ushlab qolishga xodimning yozma roziligi bilan, bunday rozilik bo‘lmagan taqdirda esa, sud qaroriga asosan yo‘l qo‘yiladi.

Mavzuga oid