Yoshlar ishlari agentligining qo‘shimcha vakolatlari belgilandi
“Yoshlar bilan ishlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi.
Davlat organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek fuqarolar Yoshlar ishlari agentligi va uning hududiy bo‘linmalarini voyaga yetmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilgani, ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan hamda davlatning ijtimoiy yordamiga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmaganlar va oilalar aniqlangani to‘g‘risida zudlik bilan xabardor qiladi.
Qonun bilan agentlik va uning hududiy bo‘linmalarining quyidagilar bo‘yicha ham o‘z vakolatlarini amalga oshirishi belgilandi:
- voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi;
- huquqbuzarliklar profilaktikasi;
- bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish.
Qonun bilan agentlik yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organi ekani ko‘rsatilgan.
Mavzuga oid
09:10 / 19.07.2024
O‘zbekistonda ombudsman vakolatlari kengaytirilishi mumkin
07:20 / 14.06.2024
Majlislarda uzrli sabablarsiz qatnashmagan deputatlar vakolati muddatidan ilgari tugatilishi mumkin
09:25 / 07.03.2024
Milliy gvardiya organlariga qo‘shimcha vakolatlar berilishi rejalashtirilmoqda
12:02 / 25.11.2023