Sport | 17:36 / 28.01.2022
9689
2 daqiqa o‘qiladi

«Paxtakor» klubi tashkilotlarni homiylik va hamkorlikka chorladi

Toshkentning «Paxtakor» klubi jamoa libosi, stadioni va boshqa hududlari orqali biznes va xizmatlarni reklama qilishni taklif etdi.

«O‘zbekistonning eng sovrindor va mashhur jamoasi libosi, stadioni va rasmiy hududlarida biznesi va xizmatlarini reklama qilishni xohlagan tashkilotlarni hamkorlikka chorlaymiz.

Bunda sizning reklamangiz nafaqat O‘zbekiston, balki MDH davlatlari va butun Osiyo bo‘ylab tarqaladi. Jamoamiz Chempionlar Ligasining deyarli muntazam ishtirokchisi sanaladi. Biznesingizni rivojlantirish O‘zbekiston va xalqaro bozorni reklama bilan qamrab olish sizga asqotishi tabiiy. Qolaversa, stadion tablosi va yangi elektron reklama bannerlari joyida ham bu targ‘ibot amalga oshiriladi. 

«Paxtakor» ishtirokidagi o‘yinlar O‘zbekiston va Osiyo davlatlarida to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rsatib borilishi esa reklamangizni millionlab insonlar kuzatishi mumkinligini bildiradi.

«Paxtakor» futbol klubi homiysiga aylanish istagidagi talabgorlar [email protected] elektron pochtasi yoki +998903510220 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilgan holda qo‘shimcha ma’lumot olishlari mumkin bo‘ladi.

O‘zbekistonning eng faxrli, buyuk tarixga ega, eng nomdor va sovrindor klubining homiysi yoki hamkoriga aylanishdek ajoyib imkoniyatni qo‘ldan boy bermang. Agarda siz o‘z tashkilotingiz mavqeini reklama va to‘g‘ri biznes siyosati orqali yanada rivojlantirishni istagida bo‘lsangiz, yurtimiz faxri va bayroqdori hisoblanmish «Paxtakor» futbol klubi bilan birgalikda bo‘ling va futboldan zavq olgan holda, o‘z maqsadingizga yetishing!» deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid