Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kuchli shamol Qarshidagi bozor tomini uchirib yubordi
Qashqadaryoda sodir bo‘layotgan kuchli shamol Qarshidagi bozorning tomini uchirgan. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, ayni paytda Qashqadaryo viloyatining ayrim hududlarida noqulay ob-havo va qattiq shamol kuzatilmoqda.
Oqibatda, viloyat FVBga soat 14:53 gacha daraxt va boshqa qurilmalarning qulashi bilan bog‘liq va ularning oqibatlarini bartaraf etishda amaliy yordam so‘rab 3 ta murojaat kelib tushgan.
Jumladan, soat taxminan 14:20 larda Qarshi shahridagi Oqtepa ekobozorining tom yopmasi kuchli shamol ta’sirida qulagani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Xabarga ko‘ra, aytilgan manzilga qutqaruv xizmatidan 2 ta bo‘linma jalb etilgan. Hozirda qutqaruvchilar tomonidan vaziyat oqibatlari bartaraf etilmoqda.
Dastlabki surishtiruvda aniqlanishicha, bozor binosining 450 metr kvadrat tom qismi zarar ko‘rgan va bino yonida bo‘lgan yuk avtomobili ustiga tom yopma konstruksiyasi qulab tushgan.
Qayd etilishicha, yuk avtomobili va uning haydovchisiga hamda bino atrofidagi fuqarolarga hech qanday tan jarohati yetmagan.
Mavzuga oid
11:11 / 15.04.2026
Foto: Qoraqalpog‘iston va Xorazmdagi kuchli shamol oqibatlari
11:02 / 25.02.2026
Kuchli shamol va chang-to‘zon: qator hududlarda ogohlantirish e’lon qilindi
11:40 / 11.02.2026
Kuchli shamol va sel Samarqandda talafot keltirib chiqardi
19:00 / 30.01.2026