Jamiyat | 16:58 / 28.01.2022
9396
2 daqiqa o‘qiladi

Talabalar transport kartalaridan faol foydalanishmoqda

Foto: ATTO

2021 yil davomida Toshkent shahridagi jamoat transportida 80 mingdan ortiq talabaning transport kartalari orqali to‘lovlar amalga oshirilgani qayd etildi. Ushbu kartalar yordamida amalga oshirilgan to‘lovlarning umumiy soni esa 19,7 million tranzaksiyani tashkil etadi.

Qayd etish joizki, o‘tgan yili imtiyozli transport kartalari orasida talaba kartalari eng ommabop hisoblanar va ularning ulushi 68% ni tashkil etgan edi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarda mos ravishda 18% va 14% bilan nafaqaho‘r va o‘quvchi transport kartalariga to‘g‘ri kelgan edi.

O‘tgan yil davomida talaba kartalari bo‘yicha o‘rtacha oylik to‘lovlar soni 1,6 million tranzaksiyani tashkil etdi. Shu bilan birga, minimal qiymatlar yozgi davrda – iyul va avgust oylarida kuzatilgan, bunda oylik to‘lov qiymati 400 ming tranzaksiyadan oshgan. 2021 yil noyabr oyida talabalar transporti kartalaridan rekord darajada foydalanish kuzatildi, bunda karta orqali to‘lovlar 3,1 million tranzaksiyani tashkil etdi.

Foto: ATTO

Jamoat transporti turlaridan talabalarning asosiy qismi avtobuslardan foydalanadi, ularning ulushi 67% tashkil etmoqda. Qolgan 33% yer osti transportiga to‘g‘ri keladi. Metro yo‘nalishlari orasida eng ko‘p talabalar soni “Chilonzor” yo‘nalishida (54%), “O‘zbekiston” yo‘nalishida esa kamroq (29%) va “Yunusobod” yo‘nalishida (13%) qayd etilgan. Talabalarning atigi 4% aylanma metro yo‘nalishidan foydalangan.

2021 yil yakuniga ko‘ra, tranzaksiyalar soni bo‘yicha talabalar o‘rtasida eng ommabop bo‘lgan bekatlar “Chilonzor”, “Beruniy” va “Buyuk Ipak yo‘li” hisoblanadi. Ushbu bekatlarda transport kartalari orqali to‘lovlarning o‘rtacha sur’ati qolgan barcha bekatlardan ikki baravardan ortiqroqdir.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid