Qirğizistonning «Tulpor» kompaniyasi va Özbekistondagi yölkira tölovining avtomatlaştirilgan tizimi operatori ATTO hamkorlik töğrisida memorandum imzoladi. Bu haqda Bişkek şahri ma’muriyatiga tayanib 24.kg xabar berdi.
Qayd qilinişiça, tez orada Qirğiziston aholisi Özbekiston şaharlari böylab jamoat transporti yölkira haqini mahalliy «Tulpor» kartalari bilan, qöşni davlat fuqarolari esa Bişkekda ATTO kartalari orqali tölaşi mumkin böladi.
«Uşbu hamkorlik nafaqat transport tizimlarini integratsiyalaşuvini tezlaştiradi, balki sayohatni hamma uçun qulayroq qiladi», deyiladi xabarda.
Ikki tizimni birlaştirişga tayyorgarlik jarayoni allaqaçon boşlangani ta’kidlanmoqda.













