15 may kunidan boşlab Toşkent şahridagi barça transport karta sotiş şoxobçalari faoliyati töxtatiladi. Bu haqda “Toşşahartransxizmat” AJ ma’lum qildi.

Ta’kidlanişiça, ATTO transport kartalarini xarid qiliş, hisobini töldiriş va tarif sotib oliş xizmatlari Uzpost aloqa bölimlarida (markaziy poçta bölimlarida) amalga oşiriladi.

Şuningdek, respublikaning Samarqand, Buxoro, Andijon, Xorazm, Namangan, Jizzax, Farğona viloyatlari va Qarşi, Termiz, Nukus şaharlaridagi poçta bölimlarida ham şu xizmatlardan foydalaniş mumkin.

“Toşşahartransxizmat” jamoat transportlarida elektron tölovlardan qulayroq foydalaniş uçun ATTO mobil ilovasi virtual karta oçiş imkoni borligini, u transport kartaning barça funksiyalarini bajarişini eslatgan.

Ma’lumot uçun, aprel oyida jamoat transporti orqali jami 32,3 mlndan ziyod tranzaksiya amalga oşirilgan bölib, şuning 13,8 mlni transport (5,7 millioni tarif kartalari orqali), 11,4 mlni esa bank kartalari hissasiga töğri keladi.

Yölovçilarning virtual kartalar yordamida amalga oşirgan tranzaksiyalari soni jami 142 mingtani taşkil etadi.