Toşkent şahrida jamoat transportida yölkirani naqd pulda taqiqlangani ortidan 2025-yil 1-yanvardan transport kartalariga ehtiyoj ortib ketdi. Buning ortidan hatto transport kartalari olibsotarlari paydo böldi. Tölovlarni elektronlaştirişning yangi bosqiçiga ötişda yuzaga kelayotgan muammolarga avtomatlaştirilgan transport tölov tizimi operatori bölgan ATTO kompaniyasi qanday yeçimlarni işlab çiqmoqda? Kompaniya ijroçi direktori Davron Şoyoqubov Kun.uz’ga bu haqida gapirib berdi.

Transport kartalariga talabning ortişiga mos ravişda kassalarni ta’minlaş uçun taşkilot qanday tayyorgarlik işlarini amalga oşirdi?

– Kartalarni yetkazib beriş böyiça yil boşiga belgilangan reja avvalgi davrga nisbatan 3 barobarga köp edi. Biroq sotuvlar kutilganidan ziyodroq böldi. 2024 yilda jami 250 ming, dekabr va yanvar oyining birinçi 20 kunida esa 150 ming transport kartasi iste’molçilar tomonidan xarid qilindi. Avvallari oyiga 20-25 mingtadan sotilgan bölsa, yanvarga kelib mazkur hajm kunlik sotuvlar körsatkiçiga aylandi.

Oy boşidan beri 200 mingta karta muomalaga çiqarildi, yanvar oxiriga qadar yana 150 ming kartani yölovçilarga yetkazib beriş reja qilingan. Umumiy hisobda yanvar-fevral oylari uçun 350 ming dona transport kartalarini çiqariş közda tutilgan. Kartalar kassalarga doimiy ravişda taqdim etiladi, bunda ularning soni mavjud talabga muvofiq belgilanadi.

Tölov kartalari kassalarga yetkazib berilayotganiga qaramay, tez tugab qolyapti. Bu borada ijtimoiy tarmoqlarda aholi tomonidan bildirilayotgan turli e’tirozlarni ham köriş mumkin. Jarayon faqat talabning keskin ösişiga boğliqmi?

– Murojaat markazimizga "kartalarni topib bölmayapti, köçada esa ular qimmat narxlarda sotilyapti” degan şikoyatlar kelib tuşyapti. Bu çayqovçilik mexanizmlari qöllanayotgani bilan boğliq. Bir iste’molçi 20 dan ortiq yoki kassadagi hamma kartani sotib olgan holatlar uçramoqda. Xususan, kartalarni öz narxida xarid qilib, kassada qolmaganidan keyin köçada ularning narxini sun’iy oşirib, 30-50 mingdan taklif qilyapti.

Şu kabi holatlarning oldini oliş uçun bir foydalanuvçiga ikki donadan ortiq karta sotilmasligi böyiça tizim yölga qöyilyapti. Bu çayqovçilik harakati va nofaol kartalar soni köpayişining oldini oladi. 15 yanvar holatiga 360 mingta karta tizimda röyxatdan ötgan bölsa, şundan 80 mingtasi faol holatda emas, ya’ni tölov jarayonida foydalanilmayapti.