Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda simyog‘ochga urilgan «Jiguli» ikkiga bo‘linib ketdi
Foto: IIB axborot xizmati
Andijon viloyati Asaka tumanida «Jiguli» haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, simyog‘ochga urildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa 29-yanvar kuni soat 23:30 larda Asaka tumani, "Chek" MFY, Farg‘ona ko‘chasi hududidan o‘tgan 4R-112 "Farg‘ona halqa yo‘li"ning 167 kilometrida yuz bergan.
VAZ-2101 rusumli avtomashina haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi simyog‘ochga urilishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi yuzaga kelgan.
Voqea joyiga borib o‘rganilganda avtohalokat oqibatida avtomashina haydovchisi Farg‘ona viloyatida yashovchi, 1989-yilda tug‘ilgan fuqaro A.B. og‘ir tan jarohati olib, hushsiz holda shifoxonaga olib borilgan.
Hozirda Asaka tumani IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
07:41 / 22.02.2026
Toshkentda uchta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
10:50 / 20.02.2026
Mirobod tumanida 5 ta avtomashina o‘zaro to‘qnashdi
10:29 / 20.02.2026
Sergelida YTH: “Matiz” va Hongqi to‘qnashdi
19:10 / 19.02.2026